Qo'llanmalarga qaytish

Yangiliklar (versiya tarixi)

Har versiyada qo'shilgan yoki o'zgargan asosiy imkoniyatlar — eng yangisi yuqorida.

3 daqiqa

Ondo Studio doimo yangilanib boradi. Bu sahifada har versiyada qo'shilgan yoki o'zgargan asosiy imkoniyatlar keltirilgan — eng yangisi yuqorida. Joriy versiya raqamini Studiyada ? (klaviatura shortcut'lari) oynasining pastida ko'rasiz.

So'nggi yangilanishlar

  • v1.65 — Studiyadan to'g'ridan-to'g'ri fikr bildirish oynasi: taklif va e'tirozingizni sarlavhadagi tugma orqali muallifga yuborasiz.
  • v1.64 — yana 30 ta yangi animatsion stiker (jami 183 ta): motion/fon, HUD/gaming, YouTube va efir grafikasi.
  • v1.63 — qo'llanmalar jonli bo'ldi: sahifalarda haqiqiy effekt to'ri, oldin/keyin slayderi, o'tish ko'rgazmasi, Ken Burns harakati va musiqa pleeri.
  • v1.61 — yana 30 ta yangi animatsion stiker (jami 153 ta): fon/motion, HUD/gaming, YouTube va efir grafikasi.
  • v1.60 — 20 ta yangi animatsion stiker (jami 123 ta).
  • v1.59 — Preview ustida to'g'ridan-to'g'ri shakl chizish; shakl matn foni bo'lib tushadi.
  • v1.58 — Eksport oynasidan video hajmini kichraytirish vositasiga havola.
  • v1.57 — Undo/redo tarixi diskda saqlanadi: sahifani yangilagach ham Ctrl+Z ishlaydi (oxirgi 50 qadam).
  • v1.56 — Media qo'shilganda bildirishnoma; musiqa namunasini bosib eshitib ko'rish.

Rang, GIF va ikki til

  • v1.49 — Sayt ikki tilda (/uz va /en) va qidiruv tizimlari uchun to'liq SEO.
  • v1.48 — «Negativ chaqnash» o'tishi: kadr rangi teskarisiga o'tib qaytadi.
  • v1.47 — SVG (vektor) ikonka va logolarni import qilib stiker qilish.
  • v1.45–1.46 — O'z stikeringizni yasash sahifasi (kod yozmasdan): gradient, soya, ulashish.
  • v1.44 — GIF eksport: timeline'ni cheksiz sikl animatsion GIF qilib chiqarish.
  • v1.43 — Rang egri chiziqlari (curves) — Photoshop uslubidagi tonlash.
  • v1.42 — Qatlam aralashish rejimlari (multiply, screen, overlay va h.k.).

Matn va vositalar

  • v1.41 — Video siqishda bir nechta faylni birdaniga (ketma-ket) qayta ishlash.
  • v1.40 — 3D matn, animatsion gradient, joriy kadrni PNG saqlash, kutubxona qidiruvi + sevimlilar.
  • v1.39 — Rasm va video hajmini kichraytirish vositalari.
  • v1.35–1.38 — Boyroq matn: 30 ta guruhlangan preset, gradient/kursiv/harf oralig'i, matn foni uslublari, har-harf kaskad animatsiyasi va yoy bo'ylab egilish.

Stiker to'lqini

  • v1.34 — Stikerlar guruhlarga bo'lindi — paneldan kerakli stiker osonroq topiladi.
  • v1.33 — 23 ta yangi stiker (doodle, VHS, bayram/tabiat, gaming/HUD).
  • v1.30–1.32 — Sozlanadigan (parametrik) stikerlar: matn, tezlik, zichlik, emoji; audio-reaktiv stikerlar va sozlanadigan taymer/sanoq.
  • v1.28–1.29 — 30 ta yangi stiker, shrift katalogi 34 taga, stikerni timeline'ga sudrab tashlash + 3D aylanuvchi tanga.
  • v1.26 — Loyiha shablonlari: tayyor matn va animatsion stikerlar bilan ochiladi.

Asosiy imkoniyatlar

  • v1.10 — Video stabilizatsiya: qo'l titrashini olib tashlash.
  • v1.9 — LUT, oq balans, ovoz effektlari (SFX), nutqni tozalash va H.265 kodek.
  • v1.6–1.7 — Teskari ijro, muzlatilgan kadr, ovoz egri chizig'i; aks (flip), qiyshaytirish (skew), guruhlash.
  • v1.5 — Telefon va planshetga to'liq moslashuv.
  • v1.3–1.4 — Maskalar, split-screen/PiP, TTS voiceover; 11 yangi transition va 9 klip effekti.
  • v1.1–1.2 — 24 ta transition, effekt namunalari haqiqiy rasmda va PWA (o'rnatiladigan ilova).
  • v1.0 — Ondo Studio ishga tushdi: brauzerda to'liq video montaj.