Qo'llanmalarga qaytish

Ijro va navigatsiya

Playhead, kadrma-kadr yurish, J/K/L shuttle va ijro oralig'i (`I`/`O`).

4 daqiqa

Montajning yarmi — ko'rish. Kesim to'g'ri joyga tushdimi, gap boshlanishidan oldin ortiqcha jimlik qoldimi, musiqa zarbasi qaysi kadrda — bularni bilish uchun timeline bo'ylab tez va aniq yura olish kerak. Bu qo'llanma ana shu haqda.

Asosiy asbob — playhead: timeline bo'ylab yuradigan qizil vertikal chiziq. U "hozir shu daqiqaga qarayapmiz" degani, va preview'da ko'rayotgan kadr aynan shu chiziq turgan joydagi kadr. Uni sudrab yurish scrub deyiladi: ruler'ga (yuqoridagi vaqt chizg'ichiga) bosing va sudrang — kadrlar ko'z oldingizdan o'tib boradi.

Ijro va kadrma-kadr yurish

Space — ijro va pauza. Eng ko'p bosiladigan tugma, shuning uchun uni barmoq ostida saqlang.

Aniq ish esa kadrma-kadr bajariladi. va playhead'ni bir kadr orqaga yoki oldinga suradi; Shift bilan bosilsa — birdan 10 kadr. Kesimni aynan kerakli kadrga qo'yish, ko'z pirillashi tushib qolgan kadrni topish yoki gap boshlanishini aniq belgilash — hammasi shu ikki tugma bilan qilinadi.

J / K / L — tezlik bilan yurish

Uzun lavhaning kerakli joyini qidirayotganda oddiy ijro sekin, scrub esa qo'pol bo'lib qoladi. Shuning uchun montajchilar o'nlab yillardan beri shuttle ishlatadi — bir qo'l bilan videoni oldinga va orqaga, tezlashtirib "haydash".

Oldinga. Yana bosing — tezlashadi: 1×, 2×, 4×.
L
Teskariga. Yana bosing — tezlashadi: −1×, −2×, −4×.
J
To'xtatish (pauza).
K

Ya'ni tezlik zinasi shunday: −4× … −2× … −1× … pauza … 1× … 2× … 4×. L sizni zina bo'ylab o'ngga, J chapga suradi, K esa darhol pauzaga qaytaradi. Uch barmoq bir joyda turadi — shuning uchun bu uchlik shunchalik tez.

Sakrash: `Home`, `End`, `[` va `]`

Har safar sudrab yurishning hojati yo'q — asosiy nuqtalarga sakrab o'tish mumkin.

Loyihaning boshiga.
Home
Loyihaning oxiriga.
End
Oldingi klip qirrasiga (kesim yoki klip boshi/oxiri).
[
Keyingi klip qirrasiga.
]

Ijro oralig'i — `I` va `O`

Ko'pincha butun video emas, uning bitta bo'lagi ustida ishlaysiz — masalan o'rtadagi 20 sekundlik lavha. Har safar boshidan ko'rib chiqmaslik uchun ijro oralig'ini belgilang: playhead'ni boshlanish nuqtasiga qo'ying va I bosing ("in" — kirish), keyin oxiriga qo'yib O bosing ("out" — chiqish).

  • Endi ijro shu oraliqdan chiqmaydi — bir joyni qayta-qayta ko'rib, sozlash osonlashadi.
  • Eksport dialogida ham shu oraliqni tanlash mumkin: butun timeline emas, faqat kerakli bo'lak fayl bo'lib chiqadi.
  • Oraliq chekkalarini ruler'dagi tutqichlardan sudrab ham o'zgartirsa bo'ladi.

Ko'rinishni boshqarish

Timeline'ni yaqinlashtirish (zoom) montajning aniqligini belgilaydi: uzoqdan turib butun loyihani ko'rasiz, yaqinlashtirsangiz alohida kadrlar ko'rina boshlaydi va kesimni sochning eniday aniqlik bilan qo'yasiz.

Timeline'ni yaqinlashtirish/uzoqlashtirish. Kursor ostidagi daqiqa joyida qoladi.
Ctrlwheel
Oddiy g'ildirak — timeline bo'ylab gorizontal siljish.
wheel
Preview'ni to'liq ekranga chiqarish (yana bosilsa qaytadi).
F

Sensorli ekran yoki trekpad'da ikki barmoq bilan chimchilash (pinch) ham zoom qiladi. Klipni sudrab timeline chetiga olib borsangiz, ko'rinish o'zi surilib boradi — sudrashni to'xtatib, avval scroll qilishning hojati yo'q.